O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining 2025-yil 15-sentabrdagi 327-sonli farmoyishiga muvofiq, joriy yilning 15-sentabridan 15-oktabriga qadar mamlakatimiz bo‘ylab “Yong‘indan ogohlik” oliygi o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan bugun Yakkasaroy tumanida joylashgan “Armug‘on” hamda Yunus Radjabiy mahallalarida aholini xabardor qilish va profilaktika ishlarini amalga oshirish maqsadida maxsus saf yig‘ilishi tashkil etildi.
Tadbirda Yakkasaroy tumani hokimining o‘rinbosari Otabek Rixsiboyev, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi rahbar va xodimlari, kommunal sohaning mutasaddilari, mahalla raisi va faollar ishtirok etdilar.
Mutaxassislar tomonidan xonadonlarda yashayotgan fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar – xususan, is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining portlashi va og‘ir oqibatli yong‘inlarning oldini olish borasida tushuntirish va ogohlantirish ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek, aholi xonadonlarida texnik holatni o‘rganish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilinishini tekshirish kabi choralar ko‘rildi.
Bunday tadbirlar fuqarolarimizning ongini oshirish, ularni o‘zini va yaqinlarini asrash masalalarida yanada mas’uliyatli bo‘lishga undaydi.
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati