28 Oktyabr, 2025 7

Bugun Yakkasaroy tuman nuroniylar jamg‘armasi tomonidan “Nuroniylar – yoshlarimizning maʼnaviy ustozi” shiori ostida uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Yakkasaroy tuman hokimi o‘rinbosari O.Rixsiboyev, tuman nuroniylar jamg‘armasi raisi T.Sayfullayev, tuman mahallalar uyushmasi raisi S.Mirzayev, mahalla raislari, faxriylar, yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirda Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida tinchlikni mustahkamlash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, keksalarni e’zozlash, ertamiz egalarini barkamol avlod qilib voyaga yetkazishga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida alohida e’tibor qaratilayapti. Binobarin, buyuk ajdodlarga munosib bo‘lish, yurtimiz taraqqiyotiga dahldorlik hissi bilan yashash har birimizning, ayniqsa, yoshlarning muqaddas burchidir.

Tadbir davomida san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar yangradi. To‘kin dasturxon atrofidagi dildan suhbat barcha yig‘ilganlarda katta taasurot qoldirdi.

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech