Bugun Yakkasaroy tumanidagi “Qushbegi” va “Dilbuloq” mahallalarida “Tozalik va ozodalik oyligi” doirasida Respublika ishchi guruhi a’zolari tashrif buyurdi.
Tashrif davomida ishchi guruh a’zolari mahallalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari, “mahalla yettiligi” va BSK faoliyati, shuningdek, ko‘p qavatli uylar atrofi va ichki yo‘laklardagi tozalik holati bilan yaqindan tanishdilar.
Oylik doirasida olib borilayotgan ishlar Yakkasaroy tumanining yanada chiroy ochishiga, aholining turmush sifati va qulay sharoitlar yaxshilanishiga xizmat qilmoqda.
“Tozalik va ozodalik” – bu nafaqat mahallalar, balki inson qalbining ham pokligi, mehr va mas’uliyat timsolidir.
Yakkasaroyliklar o‘z mahallalarida obodonlik va farovonlikni ta’minlashda faol ishtirok etayotgani, “bir mahalla – bir oiladek” tamoyilining hayotiy ifodasiga aylanmoqda.
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati