29 Oktyabr, 2025 8

Har bir yaproqning poyingizga tushganini sezganmisiz?

Ular oddiygina tushmaydi – har biri Yakkasaroyning kuzgi qo‘shig‘idan bir satr, hayot ranglaridan bir parcha.

Tabiat – buyuk rassom. U har bir yaproq orqali bizga hayotning rang-barangligini, go‘zallikni his etishni o‘rgatadi.

Faqat bir lahza to‘xtang, yurak ko‘zi bilan qarang – shu ondayoq atrofingizdagi olam qanday sehrli ekanini sezasiz!

Shunday ranglarni hayotingizga kiriting-ki, har tongda yuzingizda tabassum, ko‘zlaringizda esa umid nuri porlasin.

Yakkasaroy tumani – ilhom, go‘zallik va yangilanish maskani.

Bu yerda har bir burchakda hayot nafasi, har bir yaproqda esa mehr va quvonch yashiringan.

Kuzni Yakkasaroyda his eting – tabiat bilan uyg‘unlikda yangi kuch va ilhom toping!

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech