31 Oktyabr, 2025 41

Yakkasaroy tumanining umumiy maydoni, ming km2 - 0,014 ni tashkil etadi.

Yakkasaroy tumanida joylashgan Mahallar soni 21 tani tashkil etadi.

Aholi soni. Dastlabki maʻlumotlarga koʻra Yakkasaroy tumanining 2025- yil 1- oktabr holatiga aholi soni 143 814 kishini tashkil etdi va yil boshidan 0,6 ming kishiga yoki 100,5 foizga koʻpaydi.

Tugʻilish darajasi. 2025-yilning yanvar-sentabr holatiga Yakkasaroy tumanida tugʻilganlar soni 4125 kishini tashkil qildi. Tugʻilish koyeffitsiyenti mos ravishda 38,9 promilleni tashkil qildi.

Oʻlim darajasi. 2025-yilning yanvar-sentabr holatiga Yakkasaroy tumanida oʻlganlar soni 341 kishini tashkil. Mos ravishda oʻlim koyeffitsiyenti 3,2 promilleni tashkil qildi. Tabiiy oʻsish. Yuqoridagi maʻlumotlardan shuni kuzatishimiz mumkinki, 2025-yilning yanvar-sentabr holatiga Yakkasaroy tumanida 3784 kishini tashkil qildi.

Nikohlar va ajralishlar. 2025-yilning yanvar-sentabr FXDYO
organlarida 706 ta nikohlar va 237 ta ajralishlar roʻyxatga olindi. Ming axoliga nisbatan 6,7 ga nikoh  va 2,2 ga ajralishlar toʻgʻri keladi.

Yakkasaroy tumani boʻyicha 2025-yil 1-sentabr holatiga koʻra korxona va tashkilotlar soni  12 229 tani tashkil etadi. Shundan 79 ta qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi,  1 202 ta ishlab chiqarish,  1 060 ta qurilish, 3 409 ta savdo, 597 ta tashish va saqlash, 1 076 ta  yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar,  700 ta axborot va aloqa, 155 ta sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish,   3915 ta boshqa turdagi xizmatlar koʻrsatish korxonalari hisoblanadi.

Yakkasaroy tumanida 2025-yil 1-yanvardan 1-oktabrgacha 809 ta yangi tadbirkorlik sub’ektlari yangi tashkil etildi.

Yakkasaroy tumanida 2025-yil yanvar-sentabr oylarida asosiy kapitaliga kiritilgan investitsiyalar hajmi 400,7 mln AQSH dollar ni tashkil etdi. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan  122,0  foizga oʻsdi.

 Yakkasaroy tumanida 2025-yil yanvar-sentabr oylarida qurilish ishlari hajmi 7 179,7 mlrd soʻmni tashkil etdi. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 135,7 foizga oʻsdi.

Yakkasaroy tumanida 2025-yil yanvar-sentabr oylarida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi hajmi  6 182,9  mlrd soʻmni tashkil etdi.  Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 106,5 foizga oʻsdi.

Yakkasaroy tumanida 2025-yil yanvar-sentabr oylarida koʻrsatilgan bozor xizmatlarining hajmi 21 760,1 mlrd soʻmni tashkil etdi. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 116,5 foizga oʻsdi.

Yakkasaroy tumanida 2025-yil yanvar-sentabr oylarida tashqi savdo aylanmasi  yaʻni Eksport hajmi 661 mln AQSH dollarni tashkil etdi.  Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 103,7 foizga oʻsdi. Import hajmi  1 485,0 mln AQSH dollarni tashkil etdi. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 101,1 foizni tashkil etdi.

Yakkasaroy tumanida 2025-yil yanvar-sentabr oylarida chakana savdo aylanmasi tarkibi 6 811,8 mlrd soʻmni tashkil etdi. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan  101,9  foizga oʻsdi.

Hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining  Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisida PF 173-sonli Farmonini ijrosini taʻminlash maqsadida quyidagilar amalga oshirildi:

  • Aholini va Qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish jarayoni uchun hokimiyat binosida shtab tashkil qilingan
  • Aholini va Qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish jarayonida ishtirok etadigan xodimlar roʻyxati shakllantirildi.
  • Mahallalar kesimida tuman kadastri maʻlumoti asosida xodimlarga taqsimlandi
  • Aholisi koʻp boʻlgan mahallalarga zahira kadr soni aniqlandi.
  • Mahalla yettiligiga oʻquv seminar tashkil etildi.
  • Sinov tariqasida joylarga chiqib mahalla yettiligi bilan birgalikda roʻyxatdan oʻtkazildi.

 

 

 

 

 

 

 

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech