27 Iyun, 2025 48

Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning markazida inson, uning huquq va manfaatlari turibdi. “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyil bugungi kunda davlat boshqaruvining ustuvor yoʻnalishiga aylangan.

Ana shunday ezgu maqsadlar asosida, tumandagi Xalq qabulxonasida Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allaberganovaning navbatdagi sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.

Qabulda tuman nuroniylar jamgʻarmasi boshligʻi Tolib Sayfullayev, Isroilov, tuman Xalq qabulxonasi mudiri hamda tuman hokimining oʻrinbosarlari ham ishtirok etdilar.

Qabul jarayonida fuqarolarning turli yoʻnalishlardagi muammo va murojaatlari tinglandi va har bir masala alohida koʻrib chiqildi.

Jumladan:

 uy-joyni taʻmirlash;
shartnoma toʻlovlarini amalga oshirish;
 subsidiya asosida uy olish;
tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun kredit ajratish va boshqa turli ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Murojaatlar yuzasidan masʻul idora va tashkilot rahbarlariga aniq vazifalar yuklatildi hamda ularni ijobiy hal etish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Qabul davomida fuqarolarga murojaatlarini bevosita yetkazish, dardlarini ochiqcha aytish, oʻz hayotiga daxldor masalalar boʻyicha hal qilinayotgan ishlarga guvoh boʻlish imkoniyati yaratildi.

Bu esa odamlarning davlatga boʻlgan ishonchi ortishi, islohotlarga boʻlgan ishtiyoqini kuchaytirishda muhim qadam hisoblanadi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech