24 Iyun, 2025 67

Bugun Yakkasaroy tumanidagi 357-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

Bosh prokuror o‘rinbosari Salom Samadov, Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova, tuman prokurori Bekzod Shamshiyev hamda mas’ul tashkilot va korxona rahbarlari ishtirok etdilar.

🏫 1964-yilda foydalanishga topshirilgan ushbu bog‘cha 360 nafar bola uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bugungi kunga kelib jiddiy ta’mirlashga muhtoj holatga tushib qolgan.

🔹 Ishchi guruh a’zolari yangi, zamon talablari asosida qurilishi rejalashtirilayotgan 720 o‘rinli, uch qavatli bolalar bog‘chasining loyiha hujjatlari bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu loyihaning amalga oshirilishi nafaqat maktabgacha ta’lim sifati, balki Yakkasaroy tumanida yashovchi oilalarning ijtimoiy farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

🖇 Yangi bog‘chaning barpo etilishi tumandagi maktabgacha yoshdagi bolalarning qulay va zamonaviy sharoitlarda ta’lim-tarbiya olishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech