Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Yakkasaroy tumanidagi barcha faollar koʻchat ekish tadbirlarida faol ishtirok etmoqda.
Bugun Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova hamda Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari Avazjon Karimov, mahalla faollari mevali daraxt ekdilar.
Xalqimizda “Koʻchat ek, bogʻ yarat” degan naql bor. Chunki ekilgan koʻchatlar unib-oʻsib chiroyli manzara hosil qilsa ham kishining dilini yayratib, koʻzlarni quvontiradi, ham havoning sofligini taʼminlaydi.