10 Dekabr, 2025 15

Bugun Yakkasaroy tuman hokimligida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni” munosabati bilan o‘tkazilayotgan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida “Hokimlik faoliyatida ochiqlikni ta’minlash, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusiga bag‘ishlangan Ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Nurbek Shamsiyev, Yakkasaroy tumani prokurori yordamchisi Bobur Tursunov, Adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i Fazliddin Xalilov, IIO FMB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i Akmal Sidiqov, shuningdek hokimning o‘rinbosarlari O.Rixsiboyev, D.Rasulmuxamedova, “mahalla yettiligi” vakillari hamda tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida ma’ruzachilar tomonidan korrupsiyaning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, fuqarolarning huquqiy ongini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Uchrashuv korrupsiyaga qarshi kurashda davlat organlari, jamoatchilik va fuqarolarning hamkorligini mustahkamlashga xizmat qildi.

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech