10 Dekabr, 2025 13

Bugun Yakkasaroy tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-martdagi PF-49-sonli Farmoni ijrosini ta’minlashga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishga tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Nurbek Shamsiyev raislik qildi.

Unda tuman hokimining o‘rinbosarlari, hokimlik mas’ul xodimlari hamda “mahalla yettiligi” a’zolari ishtirok etib, dolzarb masalalar yuzasidan muhokama olib bordilar.

Kun tartibining asosiy yo‘nalishi – mahalliy ijro hokimiyati faoliyatida KPI – eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari tizimini to‘liq joriy etish, uning amaliy natijalari va samaradorligini oshirish masalalarini muhokama qilishga qaratildi.

Shuningdek, yig‘ilishda:

joriy yilning 11 oylik murojaatlar holati;

yuqori tashkilotlardan kelgan topshiriqlar ijrosi;

hokim qaror va bayonlarining bajarilish jarayoni;

ijro intizomini yanada takomillashtirish bo‘yicha bildirgan taklif va mulohazalar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunida mas’ullarga belgilangan vazifalar ijrosini sifatli va o‘z vaqtida ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech