O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-sentabrdagi PQ-5250-sonli “Ochiq budjet axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hamda 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-sonli “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Yakkasaroy tumanida 2025-yil davomida “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” doirasida qator tadbirlar amalga oshirildi.
Xususan, 2025-yilning birinchi va ikkinchi mavsumlarida “Tashabbusli budjet” jarayoni orqali jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan va g‘olib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar hamda tashabbusli budjetlashtirish natijalari bo‘yicha ma’lumotlar 1-ilovada, fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirilgan g‘olib tadbirlar kesimida ajratilgan mablag‘lar to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar esa 2-ilovada keltirilgan.
Mazkur ma’lumotlar 2025-yilda Yakkasaroy tumanida tashabbusli budjet jarayonlari doirasida amalga oshirilgan ishlar va ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi holatini aks ettiradi.