Hurmatli poytaxtimiz mehmonlari va aziz yakkasaroyliklar!
16-avgust kuni sizlarning kayfiyatingizni ko‘tarish va mamlakatimizning shirin ne’matlari bilan huzurlantirish maqsadida Yakkasaroy tumanida an’anaviy Qovun sayli bo‘lib o‘tadi.
Manzil: O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi hududidagi madaniy markaz pavilonlarida.
Nima kutmoqda sizlarni?
Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan dehqonlar o‘z qo‘llari bilan yetishtirgan sara qovun navlari bilan qatnashishadi. Xar xil hidi, ta’mi va ko‘rinishidagi qovunlar sizlarni hayratga soladi!
Tadbir davomida:
O‘zbek milliy madaniyati va mehmondo‘stligini namoyon etuvchi rang-barang konsert dasturlari,
Milliy uyg‘ur madaniyat markazi tomonidan tayyorlangan jonli sahna ko‘rinishlari va kuy-qo‘shiqlar!
Oilaviy dam olish, milliy an’analarni his etish va shirin qovunlardan tatib ko‘rish uchun ajoyib imkoniyat!
Har bir mehmon uchun esdalikka fotozonalar va kutilmagan sovg‘alar ham tayyorlangan!
Ushbu bayramni o‘tkazib yubormang – 16-avgust kuni Yakkasaroyda ko‘rishguncha!