11 Avgust, 2025 19

Haroratli yoz kechasini san’at va shodlik bilan o‘tkazishni xohlaysizmi?

Unda 15-avgust kuni soat 18:00 da “Pushkin maydonida” Yakkasaroy tumani hokimligi va tuman madaniyat bo‘limi tomonidan o‘tkaziladigan “KO‘ChA” musiqa va san’at festivaliga marhamat!

Tadbir dasturidan o‘rin olgan:

✨ Iqtidorli yoshlarning jonli ijrosi;

👘 Milliy liboslar namoyishi;

🎨 Rasm va tasviriy san’at ko‘rgazmasi;

🌍 Turli millatlar raqslari;

🎭Yoshlar tomonidan qiziqarli taqlid chiqishlari.

👍 Bu kecha nafaqat san’at, balki do‘stlik, madaniyat va ijodkorlik bayramiga aylanadi!

📢 Barchaga ochiq va bepul kirish!
Keling va xotiralarda qoladigan kechani birga yarataylik!

Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, “Pushkin maydoni”

15-avgust, soat 18:00 da Barchangizni kutib qolamiz!

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech