3 Oktyabr, 2025 11

Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, tuman prokurori Bekzod Shamsiyev, tuman soliq inspeksiyasi rahbari Jamshid Ergashev hamda tegishli soha va idoralar rahbarlari tumandagi Favqulodda vaziyatlar bo‘limi faoliyatini o‘rgandilar.

O‘rganish davomida FVBning navbatchilik xizmati, chaqiruvlarga javob berishdagi tayyorgarlik holati, favqulodda vaziyatlarda joyiga tezkor yetib borish, texnik jihozlar va xodimlarning malakasiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Hokim Nilufar Allabergenova tomonidan aholining xavfsizligini ta’minlash, favqulodda holatlarda tezkor va samarali harakat qilish, shuningdek, profilaktik ishlar samaradorligini oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Yakkasaroy tumani hokimligi Matbuot xizmati

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech