Bugun Yakkasaroy tuman hokimligida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi:
Prezident qarori ijrosi – 2025-yilda joylarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha qabul qilingan PQ-1-sonli qaror ijrosi yuzasidan tuman prokurori Bekzod Shamshiyev hisobot berdi.
Huquqiy faoliyat va iqtisodiy rivojlanish – tumandagi davlat tashkilotlarining qonuniylik va iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha ishlari muhokama qilindi. Iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ikkinchi chorakda amalga oshirilgan ishlar haqida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Shamsiyev Nurbek axborot berdi.
Mahalliy budjet masalalari – budjet xarajatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha manbalarni yo‘naltirish, shuningdek, oldingi qarorni bekor qilish yuzasidan takliflar ma’qullandi.
Soha rahbarlarining hisobotlari:
Ekologiya va atrof-muhit (M.Rahmatov)
Elektr tarmoqlari (A.Parpiyev)
Gaz ta’minoti (“Yakkasaroytumangaz”)
Suv ta’minoti (J.Abdurahmonov)
Obodonlashtirish (X.Tashmatov)
Oqova suvlar (N.Sayidxo‘jaev)
“Yashil jamoat bog‘i” – “To‘qimachi” mahallasidan 0,09 ga yer maydonida yangi yashil hudud barpo etish taklifi ma’qullandi.
Tashkiliy masalalar – Kengash kotibiyati faoliyatini baholash nizomi tasdiqlandi hamda deputatlar saylovini o‘tkazuvchi komissiya tarkibi shakllantirildi.
Sessiya yakunida barcha hisobotlar deputatlar tomonidan muhokama qilinib, tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Yig‘ilish yakunida sessiya qarori bir ovozdan qabul qilindi.