Hayotda to‘g‘ri kasb tanlash muvaffaqiyatli kelajakning garovidir. Chunki, insonning aksariyat vaqti ish jarayonlarida o‘tadi. Shu sababdan ham kishi o‘zi uchun sevimli hunarni o‘rganishi, o‘zi yoqqan kasb bilan shug‘ullanishi kerak.
⚡️ Bugun Yakkasaroy tumanidagi 100-sonli umumantaʼlim maktabida tuman hokimligi, Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolar, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlarning bandligiga ko‘maklashish, ularni mehnat bozoridagi kasblarga yo‘naltirish maqsadida bo‘sh ish o‘rinlar mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
✨ Unda tuman hokimi Nilufar Allabergenova, hokim o‘rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilotlar o‘zlarining bo‘sh vakantlari bilan ishtirok etdilar.
⚡️ Bu kabi yarmarkalarning davomli tashkil etilishi, ishsiz bo‘lgan fuqarolarimiz uchun o‘zlariga munosib ish o‘rni topishda muhim ahamiyat kasb etadi.