16 Avgust, 2025 9

Bugun Yakkasaroy tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi binosida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda 2025-yil 3-yanvarda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari I.Tillayev, Yakkasaroy tumani hokimi N.Allabergenova, tuman prokurori B.Shamsiyev, Kriminologiya instituti bosh inspektori Sh.Hasanov, tuman hokimining o‘rinbosarlari, shuningdek tumandagi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va “Mahalla yettiligi” ishtirok etdilar.

Yig‘ilish davomida qaror ijrosini ta’minlashda mahallada profilaktika ishlarini yanada kuchaytirish, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish, aholi bilan ishlashning samaradorligini oshirish, mutasaddi tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlash joizki, Prezident qarori mamlakatimizda jamoat tartibi, fuqarolar xavfsizligi va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan tizimli islohotlarning uzviy davomidir. Qaror ijrosini ta’minlashda “Mahallabay” ishlash, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, aniq profilaktika choralarini belgilash va aholining huquqiy ongi va faolligini oshirish kabi ustuvor vazifalar belgilab berilgan.

Yig‘ilish yakunida mutasaddi rahbarlar va jamoatchilik vakillariga aniq topshiriq va vazifalar yuklatildi. Prezident qarorini to‘liq va samarali ijro etish har bir tashkilot va fuqaroning mas’uliyatli yondashuvini talab etadi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech