Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova hamda tuman IIO FMB boshligʻi Alisher Murodov rahbarligida obodonlashtirish va hududlarni koʻrkamlashtirish ishlarini sifatli hamda tezkor amalga oshirish masalalari muhokama etildi.
Yigʻilishda hokim oʻrinbosarlari, kommunal soha xodimlari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi. Tadbir davomida tumandagi mavjud kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish boʻyicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Nilufar Allabergenova masʼullarga har bir yoʻnalish boʻyicha amaliy choralar koʻrish, ishlarni belgilangan muddatlarda va yuksak sifatda bajarishni qatʼiy topshirdi.
Shuningdek, aholi uchun qulay muhit yaratish, tuman koʻchalari va hududlarining tozaligiga alohida eʼtibor qaratish zarurligi taʼkidlandi.
Yakkasaroy tumani hokimligi matbuot xizmati