11 Noyabr, 2025 25

Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova “Moviy gumbazlar” hiyobonida bo‘lib, fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida hududdagi obodonlashtirish holatini o‘rganib chiqdi.

O‘rganish davomida hiyobonda obodonlashtirish ishlarini sifatli olib borish, tungi yoritish chiroqlarining nosozligi sayr qiluvchi fuqarolarga noqulaylik tug‘dirayotgani aniqlanib, bu masalalarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Hokim hududni tartibga keltirish, tungi yoritish tizimini sozlash hamda hiyobonning umumiy estetik ko‘rinishini yaxshilash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish vazifasini yukladi.

Mazkur chora-tadbirlar fuqarolar uchun yanada qulay, toza va chiroyli dam olish muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech