11 Noyabr, 2025 21

Biroz oldin Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova hamda tuman IIO FMB boshligʻi Alisher Murodov masʼul rahbarlar bilan birgalikda tumandagi Bobur mahallasida o‘rganish olib bordilar.

Bobur mahallasi bugungi kunda haqiqiy yangilanishlar va obodonlashtirish ishlarining markaziga aylangan. “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar va qurilish ishlari surʼati juda tezlashgan. Har kuni bu hududda zamonaviy va go'zal muhit yaratilmoqda.

Mahalla aholisi va yurtdoshlarimiz uchun yangi, chiroyli yashash sharoitlari yaratish maqsadida, ko‘plab ijtimoiy va infrastruktura loyihalari amalga oshirilmoqda. Bino va yo‘llar yangilanib, hudud yanada obod va ko‘rkam bo‘lmoqda. Bu, albatta, nafaqat mahalla, balki butun tuman uchun katta ahamiyatga ega.

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech