11 Noyabr, 2025 36

Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova hamda tuman IIO FMB boshligʻi Alisher Murodov masʼul rahbarlar bilan birgalikda tumanning markaziy koʻchalarida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va tozalik ishlarini oʻrgandi.

O‘rganish davomida hokim hududdagi holatni atroflicha koʻzdan kechirib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha masʼullarga joyida tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berdi.

Nilufar Allabergenova aholi uchun qulay va toza muhit yaratish zarurligini taʼkidladi.

Yakkasaroy tumani hokimligi matbuot xizmati

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech