Assalomu alaykum,
Hurmatli tumanimiz fuqarolari!
Bugungi globallashuv jarayonida iqlim o‘zgarishi, ekologiya va atrof-muhitning ifloslanishi butun insoniyat oldida dolzarb masalalardan biriga aylangan. Mamlakatimiz rahbari tomonidan joriy yil 25-noyabr kuni qabul qilingan PF–229-son Farmon – “Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hujjat ham ushbu masalaning naqadar muhim ekanini yana bir bor ko‘rsatib berdi.
Farmon ijrosi yuzasidan tumanimizda mas’ul idoralar bilan hamkorlikda 62 ta tezkor profilaktik tadbirlar o‘tkazildi. Ulardan 7 tasida ekologiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi holatlar aniqlanib, barchasiga belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rildi.
Shuningdek, joriy yilning 11 oyi davomida ichki ishlar organlari tomonidan:
Hurmatli yurtdoshlar!
Ma’lumot uchun, joriy yilning 11 oyi davomida tumanimiz hududidagi huquqbuzarlik va jinoyatchilikning umumiy holati quyidagicha shakllandi:
Aholi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida:
Biroq, afsuski, arzimas sabablar, yo‘lda o‘zaro tortishuv, gap talashish oqibatida sodir etilgan janjallar hamon uchrab turibdi. Joriy yil davomida:
Misol tariqasida, 16-sentabr kuni sodir bo‘lgan voqeani eslatib o‘tsam. Yakkasaroy tumanida ikki haydovchi – Davron va Ilhom o‘rtasida oddiy yo‘l talashishdan boshlangan tortishuv janjalga aylanib, Davronning “Jentra” avtomobiliga zarar yetkazilgan, unga tan jarohati – burun suyagining sinishi bilan yakunlangan. Ushbu hodisa ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi va Jinoyat kodeksining 277-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Kimdir jarohat oldi, kimdir jinoyat sodir etdi – baribir jazo muqarrarligi tamoyili buzilmaydi.
Hurmatli yurtdoshlar!
Ekologiya – bu shunchaki atrof-muhit emas, bu bizning sog‘lig‘imiz, farzandlarimiz kelajagi va hayot sifatimizdir. Har bir fuqaroning mas’uliyati, e’tibori va intizomi ekologik holatni yaxshilashda beqiyos o‘rin tutadi.
Shu bois sizlardan quyidagilarga alohida amal qilishni so‘raymiz:
Shuni unutmang: ekologiyaga zarar yetkazish – javobgarlikka olib keladi.
Shuningdek, tumanimizda huquqbuzarliklarning oldini olishda sizning faolligingiz ham juda muhim. Oilangiz, qo‘shnilaringiz, jamiyat xavfsizligiga tahdid soluvchi holatlarni befarq kuzatib turmang.
Agar sizda jinoyat yoki huquqbuzarliklar haqida ma’lumotlar bo‘lsa, 102 qisqa raqamiga yoki:
(71) 206-83-00, (71) 206-83-94 telefonlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Siz haqingizdagi ma’lumotlarning maxfiyligi qat’iy kafolatlanadi.
Sizning birgina xabaringiz og‘ir jinoyatning oldini olishi, inson hayoti saqlab qolinishiga sabab bo‘lishi mumkinligini unutmang.
E’tiboringiz uchun rahmat!