28 Noyabr, 2025 22

Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova o‘zining tegishli o‘rinbosarlari bilan birga tumandagi 172-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida hokim maktab infratuzilmasini yaxshilash, o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy sharoit yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan ta’mirlash jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Mutasaddilar va quruvchilar bilan muloqot chog‘ida u:

ishlarning belgilangan muddatda,
 eng yuqori sifat talablariga muvofiq,
xavfsizlik me’yorlariga to‘liq amal qilingan holda bajarilishi zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, ta’mir jarayonlarini jadallashtirish, materiallardan oqilona foydalanish va har bir bosqichni muntazam nazoratga olish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech