15 Avgust, 2025 4

Bugun Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida yoshlar hayotida muhim bosqich bo‘lgan bitiruv arafasida ahamiyatli uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova boshchiligida institut bitiruvchi yoshlari bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etildi.

Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosarlari N.Shamshiyev va O.Rixsiboyev, institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori N.Mirzayev, tuman Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Sh.Baxramov, bank sohasining mutasaddi vakillari hamda bitiruvchi yoshlar ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida yoshlarga bandlik, tadbirkorlikni rivojlantirish, moliyaviy savodxonlikni oshirish kabi dolzarb mavzular yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi. Bitiruvchilarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur uchrashuv yoshlar uchun nafaqat ma’lumot olish, balki o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob topish, shuningdek, kelajak rejalari uchun zaruriy yo‘nalishlarni belgilab olish imkonini berdi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech