Bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan yurtimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, jamiyatda yuksak ma’naviy muhitni shakllantirish borasidagi tashabbus va fidokorona mehnati uchun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Ko‘krak nishoni tantanali tarzda Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Durdona Raximova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent shahar bo‘limi boshlig‘i Muxayo Ismailovalar topshirdilar.
Ushbu mukofot – Nilufar Allabergenovaning fuqarolar ma’naviy olamini yuksaltirish, ma’rifatni keng targ‘ib etish va jamiyatda ijobiy muhit yaratish yo‘lidagi fidokorona xizmatlariga berilgan yuksak e’tirofdir.
Yakkasaroy tumani hokimligi Matbuot xizmati