15 Sentyabr, 2025 34

Bugun Yakkasaroy tuman hokimligida “Yakkasaroy” mahallasidagi Badriddin Hiloliy ko‘chasi 3-torda joylashgan yangi ko‘p qavatli uylarda istiqomat qilayotgan fuqarolar o‘z murojaatlari bilan tuman hokimiga yuzlandilar.

Fuqarolar uy atrofidagi infratuzilmaning yetarli darajada emasligi, obodonlashtirish ishlari olib borilmagani va yashash uchun qulay sharoitlar yaratib berilmagani bo‘yicha o‘z fikr va shikoyatlarini bildirdi.

Tuman hokimi murojaatni befarq qoldirmasdan, shu kunning o‘zida – soat 20:00da – mas’ul idora va tashkilot rahbarlari bilan birga ushbu ko‘p qavatli uylar hududiga borishini ma’lum qilgan edi.

Belgilangan vaqtda hokim Nilufar Allabergenova ushbu hududda fuqarolar bilan uchrashdi hamda muammolarni joyida o‘rgandi. O‘rganishlar natijasida qurilish tashkiloti tomonidan uy atrofida zarur shart-sharoitlar yaratilmagani, tabbiy gaz qurilmasi ulanmaganligi aniqlandi.

Tuman hokimi mas’ul tashkilot rahbarlariga hududni to‘liq obodonlashtirish, yo‘l va yoritish tizimini yaxshilash, aholiga munosib yashash sharoitlarini yaratish yuzasidan aniq topshiriqlar berdi. Ushbu masalalar ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech