15 Sentyabr, 2025 116

Bugun Toshkent shahar hokimi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati hamda Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qo‘shgan munosib hissasi va samarali mehnati uchun Yakkasaroy tumanida turli sohalarda faoliyat olib borayotgan bir guruh rahbar xodimlar faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.

Ushbu faxriy yorliqlarni Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova o‘z egalariga topshirdi.

Bunday rag‘bat va e’tiroflar, shubhasiz, el-yurt xizmatida jonbozlik ko‘rsatayotgan har bir fidoiy yurtdoshimizga katta motivatsiya, yangi marralarni zabt etishda esa mustahkam ishonch manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech