Shota Rustaveli ko‘chasida ta’mirlash ishlari: ikkinchi bosqich loyihasi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi
Bugun Toshkent shahar hokimining maslahatchisi Sh.Ergashev boshchiligida, Yakkasaroy tumani hokimining o‘rinbosarlari, tegishli korxona va tashkilotlardan biriktirilgan mutasaddilar, shuningdek, mahalla raislari ishtirokida Shota Rustaveli ko‘chasida amalga oshiriladigan ta’mirlash ishlari yuzasidan o‘rganish va muhokama jarayonlari olib borildi.
Uchrashuv davomida ta’mirlash ishlarining ikkinchi bosqichi doirasida bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, ko‘p qavatli uylarning tashqi qismini ta’mirlash, hududdagi tartibsiz yoyilgan kabellarni tizimga solish hamda piyodalar yo‘lagini rekonstruksiya qilish masalalari atroflicha muhokama etildi.
Mazkur tadbir ta’mirlash ishlarini sifatli va tizimli tashkil etish, fuqarolar uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan.
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati