Aziz va muhtaram opa-singillar!
Sizlarni bahorning ilk va eng goʻzal bayrami – 8-Mart, Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Bugun yurtimizning turli sohalarida, hayotimizning barcha jabhalarida ayollar faol ishtirok etib, oʻz mehnati, aqlu zakovati, sabr-matonati bilan jamiyat rivojiga beqiyos hissa qoʻshmoqda.
Oʻqituvchi, shifokor, muhandis, tadbirkor, ijodkor yoki uy bekasi boʻlishidan qatʼiy nazar, har bir ayol oʻz mehri va sadoqati bilan jamiyatda oʻchmas iz qoldirmoqda.
Hurmatli ayollar!
Sizlarning mehr-muhabbatingiz, oqila va sabrliligingiz, fidoyiligingiz sabab yurtimiz yanada obod, hayotimiz fayzli va nurli boʻlib bormoqda. Biz sizlarning mehnatingiz va jasoratingizni yuksak qadrlaymiz. Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ular uchun munosib mehnat va hayot sharoitlarini yaratish bizning ustuvor vazifalarimizdan biri hisoblanadi.
Bu fursatdan foydalanib, sizlarning har biringizga mustahkam sogʻliq, oilaviy baxt, yurtga tinchlik-xotirjamlik tilayman. Har doim xonadoningiz quvonch va muhabbatga toʻlsin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!