15 Avgust, 2025 2

Bugungi global o‘zgarishlar, xalqaro maydondagi dinamik voqealar va jamiyatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar davlat xodimlaridan yuksak siyosiy savodxonlik, dolzarb masalalarga nisbatan xolis va chuqur tahlil qila olish salohiyatini talab etmoqda.

Shu maqsadda mamlakatimizda har hafta juma kuni barcha hududlarda “Siyosiy ma’rifat soati” an’anaviy ravishda tashkil etilib kelinmoqda.

Navbatdagi ushbu ma’rifiy tadbir Yakkasaroy tumani hokimligida ham yuqori ruh va faol ishtirok bilan o‘tkazildi. Unda tuman hokimligi mas’ul rahbarlari, mutaxassislar hamda yosh davlat xizmatchilari qatnashishdi.

Tadbir davomida qatnashchilarga mamlakatimizda va jahonda yuz berayotgan muhim siyosiy-ijtimoiy voqealar, davlatimiz ichki va tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, davlat boshqaruvi tizimidagi islohotlar hamda milliy taraqqiyot strategiyalariga oid axborotlar yetkazildi.

Bunday tadbirlar davlat xizmatida faoliyat olib borayotgan har bir xodimning siyosiy yetukligi va intellektual salohiyatini oshirish, jamiyatda yuz berayotgan jarayonlarga nisbatan ongli yondashuvni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech