2 Sentyabr, 2025 8

Bugun, 2-sentabr kuni, mamlakatimizda keng nishonlanayotgan “Bilimlar kuni” hamda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari doirasida Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova tumandagi 127-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi.

Tadbir “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida yuqori ruhda tashkil etildi. Tuman hokimi maktabning yangi o‘quv yilini boshlayotgan o‘quvchilari, ayniqsa, ilk bor maktab ostonasiga qadam qo‘ygan kichkintoylarni samimiy tabriklab, ularga mustahkam bilim, ezgu orzular sari dadil intilish va albatta, o‘qishlarida ulkan zafarlar tiladi.

Tadbir davomida Prezidentimiz tomonidan tayyorlangan esdalik sovg‘alari birinchi sinf o‘quvchilariga tantanali tarzda topshirildi. Ushbu sovg‘alar nafaqat bolajonlar uchun quvonch manbai, balki ularning kelajakka bo‘lgan ishonchi va intilishlarini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Maktab jamoasi, ota-onalar va mahalla faollari bilan uchrashuv davomida Nilufar Allabergenova ta’lim sifati, yosh avlod tarbiyasi va ularning har tomonlama barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishida barcha mas’ul tashkilotlar va jamiyat birdek mas’ul ekanini ta’kidladi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech