Assalomu alaykum!
Qadrli shifokorlar, aziz tibbiyot sohasi fidoyilari!
Jonajon Vatanimiz dunyo hamjamiyatida o‘z obro‘-e’tiboriga ega bo‘lib, qalbimizga farovon hayot zavqi olam-olam quvonch baxsh etayotgan shu qutlug‘ kunlarda, barchamiz yurtimizning yana bir ulug‘ ayyomi – "Tibbiyot xodimlari kuni”ni keng nishonlamoqdamiz.
Fursatdan foydalanib, fidokorona mehnati bilan xalqimizga mustahkam sihat-salomatlik ulashib kelayotgan Siz aziz tibbiyot xodimlarini va sizlar orqali tumanimizdagi barcha soha fidoiylarini kasb bayramingiz bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Darhaqiqat, shifokor deganda, har birimizning ko‘z o‘ngimizda qalb mehri va kasb mas’uliyati bilan dardlarga darmon bo‘layotgan, sog‘lom avlod dunyoga kelishiga hissasini qo‘shib, fidoyilik namunalarini ko‘rsatayotgan salomatligimiz posbonlari namoyon bo‘ladi.
Zero, muhtaram Yurtboshimizning: “Sog‘liqni saqlash sohasi haqida gapirganda, bir haqiqatni esimizdan chiqarmasligimiz lozim: tibbiyot xodimlari bizning salomatligimiz posbonlaridir. Ularga xalq ishonishi, ular esa xalqni ishontira olishi kerak”, degan purma’no so‘zlari Siz aziz tibbiyot xodimlari faoliyatiga berilgan eng yuksak bahodir.
Mamlakatimizda inson hayoti uchun muhim va zarur sohalardan biri bo‘lgan – sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, uni jahon talablari darajasiga ko‘tarish va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi.
Qadrli soha xodimlari!
Barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik, sharafli ishlaringizga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Bayramlaringiz muborak bo‘lsin!