Mamlakatimizda ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning ushbu sohaga qaratayotgan alohida e’tibori natijasida hududlardagi maktablar yangilanib, moddiy-texnik bazasi mustahkamlanmoqda
Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova tumandagi 100-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim maskanida amalga oshirilgan o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishdi.
Ushbu tanishuv “Ochiq budjet” dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida tashkil etildi.
Maktabning 1-, 2- va 3-qavatlarida olib borilgan ta’mirlash ishlari joyida ko‘zdan kechirildi. Yo‘laklar va sinf xonalarining holati tahlil qilinib, bajarilgan ishlarning sifati baholandi. Shu bilan birga, ayrim kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Bu kabi o‘rganishlar nafaqat ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, balki o‘quvchilarning sifatli bilim olishi uchun yanada qulay muhit yaratishga xizmat qiladi.