14 Avgust, 2025 20

Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova o‘zining o‘rinbosarlari hamrohligida tumandagi “Diva Tex” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurdi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – joylardagi tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan yaqindan tanishish, ularni qiynayotgan masalalarni o‘rganish va tezkor yechim topishdan iborat bo‘ldi.

Mazkur uchrashuv davomida tadbirkor tomonidan ilgari surilgan muammolar va takliflar diqqat bilan eshitilib, ularning mohiyati atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, Yakkasaroy tuman hokimi joylardagi tadbirkorlar bilan doimiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ularning faoliyatini yanada kengaytirishiga ko‘maklashish muhimligini ta’kidlab o‘tdi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech