26 Iyun, 2025 32

Bugun Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Abdulaziz Isroilov, hokim maslahatchisi Shovkat Ergashev, Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i Jamshid Ergashev, tuman hokimining o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari Bobur ko‘chasida barpo etilayotgan yangi mehmonxona qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Uchrashuv davomida qurilish ishlarining tezkor, sifatli va belgilangan standartlarga muvofiq olib borilishi muhimligi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, ushbu loyiha doirasida mahalla aholisi bandligini ta’minlash, ya’ni mahalliy fuqarolarni ish bilan ta’minlash masalasi ham ko‘rib chiqilib, zarur tavsiyalar va ko‘rsatmalar berildi.

Bu kabi yirik infratuzilma loyihalari nafaqat hududning iqtisodiy salohiyatini oshiradi, balki aholi turmush darajasini yaxshilashda ham muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech