Xabaringiz bor, Yakasaroy tumanidagi Shota Rustaveli koʻchasi zamonaviy gastronomik turizm markaziga aylantirish boʻyicha amaliy ishlar boshlab yuborilgan.
Mazkur loyiha orqali Shota Rustaveli koʻchasi nafaqat shahar aholisi, balki xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun ham jozibador gastronomik maskanga aylanishi koʻzda tutilgan.
Bugun Yakasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, shuningdek, tuman hokimi va tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida mazkur loyiha doirasida keng qamrovli oʻrganish ishlari amalga oshirilmoqda.
Koʻcha infratuzilmasini qayta shakllantirish, mehmonlar uchun qulayliklar yaratish, milliy va xalqaro oshxonalarni tashkil etish, piyodalar harakati uchun sharoitlarni yaxshilash kabi bir qator tashkiliy ishlar rejalashtirilgan.
Bu tashabbus nafaqat tuman koʻrkini oshiradi, balki yangi ish oʻrinlari yaratilishini, kichik biznes va xizmat koʻrsatish sohasining rivojlanishini taʼminlaydi. Shu bilan birga, mamlakatimizda turizmni rivojlantirish, shahar muhitini jozibador etish hamda xalqaro miqyosdagi sayyohlarni jalb qilish yoʻlidagi muhim qadamlardan biri sifatida qaralmoqda.