24 Iyun, 2025 61

Bugun Yakkasaroy tumanidagi 1-son sport maktabida “Dolzarb 90” loyihasi doirasida o‘ziga xos ilhom baxsh etgan tadbir – Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova, mashhur sport sharhlovchisi Davron Fayziyev, U-17 terma jamoasining istiqbolli hujumchisi Sadriddin Hasanov hamda darvozaboni Nematulloh Rustamjonov, shuningdek, “O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi”ning tuman kengashi vakillari hamda tumandagi yosh futbolchilar faol ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida yosh sportchilar terma jamoa a’zolari bilan yaqindan suhbatlashish, ularning tajribalari va maqsadlari haqida bilish imkoniga ega bo‘ldilar.

Bu kabi tadbirlar yosh avlodda Vatanga sadoqat, sportga muhabbat va ulkan maqsadlarga intilish tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech