Bugun Yakkasaroy tumanidagi Muqimiy mahallasida mahalla fuqarolari uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman hokimi Nilufar Allabergenova. hokim o‘rinbosarlari, tuman kommunal soha mas’ullari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va mahalla fuqarolari ishtirok etdilar.
Qabulda mahalla aholisi o‘z muammolari va takliflari yuzasidan tuman hokimiga murojaat etib, ularni qiziqtirgan yoki qiynayotgan savollariga atroflicha javoblar olishmoqda.
Fuqarolar tomonidan asosan, moddiy yordam, subsidiyaga uy olish, tadbirkorlik qilish, mahalla hududini obodonlashtirish, kommunal sohasidagi kamchiliklarni bartaraf etish haqida murojaatlar qabul qilindi.
Qabul davomida tuman hokimi qabulda ishtirok etayotgan tegishli tashkilot va muassalalar vakillariga bildirilgan murojaatlarni tegishli tartibda hal etish yuzasidan topshiriqlar berib, murojaatlar shaxsan hokim nazoratida bo‘lishi haqida aytib o‘tdi.