Bugun Yakkasaroy tuman xalq qabulxonasi eshiklari erta tongdan ochiq edi. Har kimning koʻnglida bir dard, bir savol, bir umid.
Va shu umidlarga yuzma-yuz turib javob bergan - tuman hokimi Nilufar Allabergenova. U kabinetda emas, balki xalq orasida edi. U “eshitaman”, “tushunaman”, “yordam beraman” dedi - yozma emas, koʻzlar orqali, toʻgʻridan toʻgʻri muloqotda.
Ha, aynan dildan-dilga oʻtgan muloqot. Muammolar qogʻozda emas, hayotda tinglandi: moddiy yordam olish, uy-joy olish, kommunal sohasidagi ishlar - har biriga alohida yondashuv, real yechim.
Baʼzi murojaatlar joyida hal etildi. Boshqalari boʻyicha mutasaddilarga jonli topshiriq berildi: “Kechiktirmay hal eting, oʻzim nazorat qilaman!” - dedi hokim qattiq, ammo mehribon ohangda.
Eʼtiborlisi, Nilufar Allabergenova muammoni emas, insonni koʻrdi. Shu bois qabul oxirida koʻpchilikda bir soʻz aylanardi: “Bugun mening murojaatim ijroga qaratildi”.