Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova boshchiligida “Yakkasaroy Yoshlari” volontyorlar guruhi “Dilbuloq” mahallasidagi Salar kanali bo‘yida obodonlashtirish ishlarini olib borib, kanal bo‘yiga uzum ko‘chatlarini ekib, uni birgalikda parvarish qilgan edilar.
O‘sha kuni yurakdan qilingan mehnat, mehr bilan parvarishlangan daraxtlar va toklar bugun o‘z mevasini beryapti.
Tashabbus davomida kanal bo‘yi tozalanib, daraxtlar shaklga keltirildi, toklar esa g‘amxo‘rlik bilan tartibga solingan edi. Ayniqsa, volontyorlar tomonidan parvarish qilingan uzum toklar bugun hosilga kirgani yurakni yanada quvontiradi. Yashillikka burkangan hudud, serquyosh uzumlar va toza havo – barchasi birgalikda qilgan ishimizning go‘zal mevasidir.