11 Mart, 2025 39

Bugun Yakkasaroy tumanidagi 48-maktabda o‘zgacha bayramona kayfiyat hukm surdi.

Sababi, bu yerga Kanadaning Monreal shahridagi umumta’lim maktabining o‘quvchilari tashrif buyurishdi. Uzoq masofalarni bosib o‘tib, O‘zbekistonning ta’lim tizimi, maktab hayoti va yoshlarining bilim olish sharoitlari bilan yaqindan tanishish maqsadida kelgan mehmonlar maktab jamoasi tomonidan iliq kutib olindi.

Tashrif davomida kanadalik o‘quvchilar 48-maktabda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayoni hamda o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishi bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

Mehmonlarga maxsus ekskursiya tashkil etilib, sinfxonalar, kutubxona va sport zallari namoyish etildi.
Tashrifning eng yorqin lahzalaridan biri maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy dastur bo‘ldi.

O‘zbek milliy kuy-qo‘shiqlari va raqslari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. O‘quvchilar sahnada o‘zbekona mehmondo‘stlik va san’atga bo‘lgan mehrlarini namoyish etishdi. Kanadalik yoshlar ham o‘zlari tayyorlab kelgan kichik chiqishlari bilan o‘zbek o‘quvchilarini xursand qildilar.

Bu uchrashuv nafaqat ta’lim sohasida tajriba almashish, balki madaniyatlararo muloqotni mustahkamlash, yosh avlodni xalqaro do‘stlik ruhida tarbiyalashga xizmat qildi. O‘zaro suhbat va do‘stona muloqot yoshlar qalbida iliq taassurot qoldirdi va kelajakda yana uchrashish umidini uyg‘otdi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech