3 Iyul, 2025 52

Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova tumandagi 249-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga tashrif buyurib, "Tashabbusli byudjet" mexanizmlari asosida bolalar bogʻchasida oliborilayotgan ishlar holatini oʻrgandi.

🖇 O‘rganishda tuman hokimining oʻrinbosarlari, loyihani amalga oshirayotgan qurilish tashkiloti vakillari, mahalla faollari, shuningdek, loyiha tashabbuskorlari ishtirok etdilar. Ushbu uchrashuvda asosiy eʼtibor muassasada bolalar uchun munosib taʼlim-tarbiya va qulay muhit yaratish, infratuzilmani yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

💢 Hokim oʻrganish davomida obyektda amalga oshirilayotgan ishlar rejasi, muddati va sifat talablariga alohida toʻxtalib oʻtdi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech