Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova 358-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrif buyurib, “Tashabbusli budjet” mexanizmi asosida amalga oshirilayotgan loyihalarning ijrosi bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuvda tuman hokimining o‘rinbosarlari, mas’ul tashkilotlar va qurilish ishlarini olib borayotgan pudrat tashkiloti vakillari ishtirok etdi. Bolalar uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy ta’lim muhitini yaratishga qaratilgan mazkur loyiha doirasida bajarilayotgan ishlar sifati, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.