Bugun, Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova 358-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga o‘rganish olib borib, hududda “Tashabbusli budjet” doirasida amalga oshirilayotgan loyiha ijrosi bilan yaqindan tanishdi.
Hozirda mazkur bog‘chada ta’mirlash ishlari qizg‘in tus olgan bo‘lib, loyiha aholi fikri asosida shakllangan va mahalliy tashabbus bilan qo‘llab-quvvatlangan.
O‘rganish jarayonida hokim ob’ektdagi qurilish ishlari va ularning amaliy borishi bilan tanishar ekan, loyiha muddati, ishlar sifati va bolalar uchun qulay sharoitlarning ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratdi.
“Bolalar – bizning ertanggi kelajagimiz. Ular uchun qanday sharoit yaratsak, kelajakda shunday jamiyatga ega bo‘lamiz. Shuning uchun bu ishga yurakdan yondashish kerak,” - dedi Nilufar Allabergenova.
Shu munosabat bilan u pudratchi tashkilot vakillariga qurilish ishlarini 25-avgustga qadar to‘liq yakunlash bo‘yicha aniq muddat va mas’uliyat yuklatgan edi.