Qadrli yoshlar, aziz Yakkasaroylik o‘g‘il-qizlarim!
Sizlarni Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Bugungi kunda yurtimizda yoshlarga qaratilgan e’tibor, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar – barchasi Prezidentimiz rahnamoligida olib borilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Har bir soha – ta’lim, fan, madaniyat, sport, tadbirkorlik yoki axborot texnologiyalarida yoshlarning faol ishtiroki, ularning yangi g‘oya va tashabbuslari yurtimiz taraqqiyotiga kuchli turtki bo‘lmoqda.
Yakkasaroy tumanida ham iqtidorli, tashabbuskor, vatanparvar yoshlar juda ko‘p. Sizlar nafaqat hududimiz, balki butun yurtimiz faxri bo‘lib kelmoqdasizlar. Biz – kattalar uchun eng muhim vazifa, bu – sizlarga ishonch bildirish, orzuingizni qo‘llab-quvvatlash va yo‘lingizda madadkor bo‘lishdir.
O‘tgan qisqa davrda jamiyatimiz hayotidan mustahkam o‘rin egallagan bu bayram davlatimiz, xalqimiz o‘z farzandlarining baxti va kamoli uchun hech narsani ayamasligini, mamlakatimiz yoshlari ham Vatanimiz ravnaqi uchun xizmat qilishni o‘z hayotining mazmuni deb bilishini yaqqol ifoda etmoqda.
Haqiqatan ham, yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini taʼminlash yurtimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, doimo eʼtiborimiz markazida bo‘lib kelmoqda.
Aziz yoshlar!
Bugungi kunda o‘z oldimizga qo‘ygan ulkan va masʼuliyatli vazifalar butun xalqimiz kabi sizlardan ham har tomonlama katta tayyorgarlik va safarbarlikni talab etmoqda.
Ishonamanki, sizlar zamonaviy bilim va taraqqiyot cho‘qqilarini egallab, o‘z amaliy ishlaringiz, g‘ayrat-shijoatingiz bilan jonajon Vatanimizga munosib, sadoqatli farzandlar bo‘lasiz.
Sizlarni Yoshlar kuni bilan yana bir bor qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, shaxsiy va ijtimoiy hayotingizda yangi yutuq va omadlar tilayman.