Bugun, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Yakkasaroy tumanidagi “Do‘stlik” bog‘ida yoshlar o‘rtasida futbol turniri yuqori kayfiyat va sport ruhida o‘tkazildi. Mazkur musobaqa Yakkasaroy tuman hokimligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamkorligida tashkil etildi.
Turnir “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining Kubogi” uchun olib borildi. Unda turli mahallalardan saralangan 12–14 yoshli yoshlar o‘zaro bellashdilar.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Sirojiddin Boboqulov, Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi rahbari Yakubjon Babajanov, tuman hokimi o‘rinbosarlari, mahalla faollari hamda yoshlar ishtirok etdilar.
Musobaqa davomida mahallalardan tuzilgan jamoalar o‘rtasida yuqori saviyadagi bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Turnir natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin –“BFK Azia” jamoasi
2-o‘rin – 1-sonli sport maktabi
3-o‘rin – “Veritaz” jamoasi
3-o‘rin – “Boshliq” mahalla jamoasi.
G‘olib va sovrindor jamoalarga tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va esdalik sovrinlari topshirildi. Bu esa yoshlarda sportga nisbatan rag‘batni yanada oshirishga xizmat qiladi.
Tadbir yakunida Yakkasaroy tuman Madaniyat bo‘limi tomonidan konsert dasturi namoyish etildi