2 Sentyabr, 2025 6

Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova yaqinda “Qushbegi” mahallasida joylashgan Qushbegi mavzesi, 10-uy, 115-xonadonda istiqomat qiluvchi Shamsiddinov Amir bilan uchrashib, uning hayoti va orzu-niyatlari bilan qiziqqan edi. Samimiy muloqot chog‘ida Amir hokimga yangi o‘quv yilida maktabiga borishni so‘ragan edi.

Nilufar Allabergenova Amirga maktabga albatta borishini va’da qilgan edi. Bugun esa tuman hokimi o‘z so‘zida turib, 127-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi va Amirning ilk dars kunida yonida bo‘ldi.

Bu nafaqat Amir uchun, balki barcha bolajonlar uchun katta quvonch, yurtimizda har bir bola e’tiborda ekanining amaliy isbotidir.

Bu kichik voqea katta hayotiy saboq: har bir bola – bizning kelajagimiz, ularning orzu-istaklari esa e’tibordan chetda qolmasligi lozim.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech