Yakkasaroy tumanida xalq bilan muloqot, ularning muammolarini joyida hal etish, tuman aholisi hayotidagi dolzarb masalalarga eʼtibor qaratish yoʻlida izchil ishlar olib borilmoqda.
Bugun Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenovaning "Rakat" mahallasida oʻtkazgan sayyor qabul uchrashuvini alohida taʼkidlash joiz.
Mazkur qabulda tuman hokimi Nilufar Allabergenova, hokim o‘rinbosarlari, mahalladan saylangan deputat mahalla aholisi bilan yuzma-yuz uchrashib, ularning fikr va mulohazalariga, muammolari hamda takliflariga diqqat bilan quloq tutdi. Qabulda kommunal xizmatlar, yoʻl va infratuzilma, ishsizlik, tibbiyot va taʼlim sohalariga oid bir qator masalalar koʻtarildi.
Har bir murojaat alohida qaydga olinib, muammolarni yechish boʻyicha mutasaddi tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi.
Bunday uchrashuvlar aholi bilan bevosita muloqotni mustahkamlab, joylardagi muammolarni samarali hal etishda muhim oʻrin tutadi.
Yakkasaroy tuman hokimligi tomonidan bunday sayyor qabullar davomli ravishda oʻtkazilishi rejalashtirilgan.