Biroz avval Yaksaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, tuman prokurori Bekzod Shamsiyev, tuman IIO FMB boshlig‘i Alisher Murodov, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i Jamshid Ergashev hamda ishchi guruh aʼzolari "Muhandislar" mahallasida boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025- yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi doirasida mahallada amalga oshirilayotgan ishlarini o‘rgandilar.
Mahallalarda xavfsiz va osoyishta hayotni ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini yanada takomillashtirish kabi dolzarb masalalarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tuman rahbariyati tomonidan kelgusida ushbu yo‘nalishda ishlarni kuchaytirish, barcha tegishli xizmatlarning o‘zaro hamkorligini yanada mustahkamlash hamda har bir mahallada xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi ta’kidlandi.
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati