Yaksaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, tuman prokurori Bekzod Shamsiyev, tuman IIO FMB boshlig‘i Alisher Murodov, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i Jamshid Ergashev hamda ishchi guruh aʼzolari "Damariq" mahallasida boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025- yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi doirasida mahallada amalga oshirilayotgan ishlarini o‘rgandilar.
Mas’ullar hududdagi kriminogen vaziyat, jinoyatchilikni jilovlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar hamda erishilgan natijalar bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdilar.
Nilufar Allabergenova o‘rganish davomida mas’ullarga hududlarda fuqarolar bilan manzilli ishlarni muntazam olib borishligi taʼkidlab, mahalla profilaktika inspektori tomonidan mahallada "obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishilib, hududda amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab berdi.
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati